O‘zbekiston

“Tez yordam” zamonaviy elektromobillar bilan ta’minlanadi

“Tez yordam” zamonaviy elektromobillar bilan ta’minlanadi

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmating ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlari mo‘ljallanmoqda.

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, bugungi kun holatiga ta’mirtalab bo‘lgan 980 ta tibbiyot muassasasida bosqichma-bosqich qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Birlamchi bo‘g‘indagi barcha oilaviy shifokor punktlari, poliklinika va shifoxonalar ta’mirlanib, filtrlangan ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi.

Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan to‘ldiriladi. Bunda, 2024 yildan boshlab 2030 yilga qadar elektromobillarni sotib olish muddatlari belgilanadi.