O‘zbekiston

«U maxsus tadbirda qo‘lga olinmagan» – Sudyalar oliy kengashi sobiq sudya haqida ma’lumot berdi

«U maxsus tadbirda qo‘lga olinmagan» – Sudyalar oliy kengashi sobiq sudya haqida ma’lumot berdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumani jinoiy ishlar buyicha sudyasi pora bilan qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi (Hokimiyat harakatsizligi) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingan.

Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi uning go‘yoki “maxsus tadbirda qo‘lga olingani”ga oid xabarlar asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Sh.Yu. jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan, deyiladi kengash xabarida.