Jahon

Yangi yil rekordi: Xitoyning Xarbin shahriga 3 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Yangi yil rekordi: Xitoyning Xarbin shahriga 3 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

Yangi yil bayramida Shimoli-Sharqiy Xitoyning Xeylunszyanprovinsiyasining ma’muriy markazi Xarbin shahriga 3,05 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurdi. Shaharning turizmdan tushgan daromadi esa 5,91 milliard yuanni (taxminan 832,39 million AQSH dollari) tashkil etdi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Shahar savdo boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davrda mehmonxona biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida 129,4 foiz o‘sish qayd etilgan.

Shahar turizm departamenti xodimi Van Xunsinning so‘zlariga ko‘ra, Xarbin ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi tufayli mamlakatning eng mashhur sayyohlik maskaniga aylangan.

Shuningdek, shaharga sayyohlarni yanada ko‘proq jalb etish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Xarbinda Yangi yil bayramida jonli kuylash, feyerverk namoyishlari, bog‘larda sayr qilish va konsert dasturlari kabi qator tadbirlar tashkil etildi.

Xarbin hokimiyati sayyohlarning ovqatlanish, turar joy, turizm, xarid qilish va ko‘ngilochar joylarga tashrif buyurish tajribasini yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi.