Jahon

Amerika aviakompaniyasi Boeing samolyotlaridan voz kechdi

Amerika aviakompaniyasi Boeing samolyotlaridan voz kechdi

Amerikaning Alaska Airlines aviakompaniyasi Boeing 737-9 samolyotlaridan birining oynasi va fyuzelyajining bir qismi yirtilgani sababli foydalanishdan vaqtincha voz kechdi. Bu haqda tashuvchi saytida xabar berilgan.

Aniqlik kiritilishicha, Alaska Airlines aviakompaniyasi ixtiyoridagi barcha 65 ta samolyot to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish va xavfsizlik tekshiruvlari tugagandan keyingina xizmatga qaytariladi. Bu yaqin kunlarda sodir bo’ladi, dedi aviakompaniya bosh direktori Ben Minikuchchi.

Avvalroq, Alaska Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti parvoz vaqtida oynasi va fyuzelyajining bir qismi yirtilgani sababli Portlend shahrida (Oregon shtati) favqulodda qo‘ngan edi. Samolyot bortida 174 yo’lovchi va olti ekipaj a’zosi bo’lgan, hech kim jabrlanmagan.