Jahon

Kim Chen In va uning qizi raketa zavodiga tashrif buyurdi

Kim Chen In va uning qizi raketa zavodiga tashrif buyurdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ballistik raketalar uchun mobil raketalar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

Unga qizi Kim Ju E va partiya a’zolari hamrohlik qilishgan. Tashrif davomida Shimoliy Koreya rahbari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi va zavodda ishlab chiqarilgan yirik raketalarni ko‘zdan kechirdi. Kim Chen In zavod 2023-yilga mo‘ljallangan ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajarganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, korxona davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha tarixiy vazifani bajarishda mas’uliyatli vazifani bajaradi. KXDR rahbari zavod oldiga ham yangi vazifalar qo‘ydi.