Ukraina harbiylarini xorijda tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishda 30 dan ortiq davlatlar ishtirok etmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi doktrinalar va tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Aleksey Taran ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Taranning soʻzlariga koʻra, hozirda hamkorlar koalitsiyasiga 34 davlat kiradi. Ular orasida AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari, shuningdek, Gruziya va Moldova bor.
Taranning ta’kidlashicha, asosiy qo’shma qurollarni tayyorlash va kichik qo’mondonlarni tayyorlash bo’yicha yetakchi Buyuk Britaniya hisoblanadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2022-yil fevral oyidan buyon mamlakatda 30 mingdan ortiq harbiy xizmatchi tayyorlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!