O‘zbekiston

O‘zbekistondagi barcha hokimlar davolanish ta’tiliga chiqdi

O‘zbekistondagi barcha hokimlar davolanish ta’tiliga chiqdi

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi viloyat hokimlari, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi va shahar, tuman hokimlari davolanish ta’tiliga chiqdi.

«Daryo.uz» internet nashrining o‘zining manbasiga tayanib xabar berishicha, hokimlar ayni paytda Prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi tasarrufidagi 1- va 2-sonli markaziy klinik shifoxonalarida davolanmoqda.

Hokimlarning davolanish ta’tili 2024 yilning 2 yanvaridan 9 yanvariga qadar, bir hafta davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 2023 yilning dekabr oyida mehnat ta’tiliga chiqib, qisqa fursatda ishga qaytgandi.