Jahon

Shimoliy Koreya 200 ta raketa bilan Janubiy Koreyaga hujum qildi

Shimoliy Koreya 200 ta raketa bilan Janubiy Koreyaga hujum qildi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga 200 ta raketa uchirdi. Janubiy Koreya hukumati evakuatsiya e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida 200 dan ortiq artilleriya snaryadlarini uchirdi va Janubiy Koreyaning ikki oroli aholisini evakuatsiya qilish buyurildi, deb xabar berdi Seul.

Janubiy Koreya bunday harakat tinchlikka tahdid solishidan ogohlantirib, javob qaytarish bilan tahdid qildi.

“Bugun ertalab soat 9:00 dan 11:00 gacha Shimoliy Koreya armiyasi Pennyondo orolining shimoliy qismidagi Chansan-got tumani va Yonpxyondo orolining shimoliy qismidagi hududlarga 200 dan ortiq snaryad uchirdi”, — deya ma’lum qildi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakili brifingda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, snaryadlar Sariq dengizga ikki davlat chegarasi bo‘lgan Shimoliy demarkatsiya chizig‘i hududiga tushgan.

“Bu – Koreya yarim orolida tinchlikka tahdid soluvchi provokatsiya. Shimoliy Koreya keskinlik uchun to‘liq javobgardir va biz bu harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi Koreya Mudofaa vazirligi.

2010 yil noyabrida Pxenyan Yonpxyondo oroliga 170 ta artilleriya snaryadlarini uchirdi, natijada to‘rt kishi, jumladan, ikki tinch aholi halok bo‘ldi.

Bu KXDR tomonidan Koreya urushidan keyin tinch aholi yashaydigan hududlarga birinchi hujum bo‘ldi.