Uels janubida topilgan ilk o‘rta asrlarga oid qabriston arxeologlarni hayratda qoldirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
6-7 asrlarga oid yetmishga yaqin qabrdan atigi 18 ta tosh qabrlar to‘liq o‘rganilgan.
Jasadlar yaxshi saqlangan, ularning ba’zilari g‘ayrioddiy holatda ko‘milgan.
Bir qarashda qabristondan topilgan qurol-yarog‘ va boshqa buyumlar dafn etilgan davr va tabiatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinadi. Bu masala arxeologlar orasida ko‘plab savollar tug‘dirdi.
Qadimiy qabriston Uels poytaxtidagi Kardiff aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida, Fonmon qal’asi yaqinidagi xoli joydadir.
Arxeologlarga tuproqning sirt qatlamini ehtiyotkorlik bilan olib tashlash va qadimgi qabrlarga yetib borish uchun ikki yil kerak bo‘ldi.
Chunki ishlar faqat yoz faslida, issiq bo‘lganda amalga oshirilishi kerak edi.
Reding universitetida qadimiy jasadlar xususiyatlarini o‘rganuvchi olim Sammer Kortsning so‘zlariga ko‘ra, 1500 yillik inson jasadi hayratlanarli darajada yaxshi saqlanib qolgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!