Jahon

Yaponiyada vayronalar ostida qolib ketgan 90 yoshli ayol topildi

Yaponiyada vayronalar ostida qolib ketgan 90 yoshli ayol topildi

Besh kun davomida uyi vayronalari ostida qolgan 90 yoshli kampir tirik topildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Ishikava prefekturasining Suzu shahrida zilzila oqibatida jabrlangan ayol qutqaruvchilar tomonidan topildi.

Avvalroq Yaponiyadagi ketma-ket zilzila qurbonlari soni 126 nafarga yetgani xabar qilingandi.

1-yanvar kuni Yaponiyada bir qator kuchli zilzilalar yuz berdi. Mutaxassislar deyarli bir vaqtning o’zida sodir bo’lgan bir nechta kuchli silkinishlarni qayd etishdi.