O‘zbekiston

Yoshlar yetakchisi vaqtinchalik viloyat hokimi bo‘ldi

Yoshlar yetakchisi vaqtinchalik viloyat hokimi bo‘ldi

Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ayni vaqtda qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqanligi sababli yoshlar yetakchilaridan biri Dilmurod Rahimjonov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda D.Rahimjonov hokimlik jamoasiga tanishtirilgan.

«Bundan ko‘zlangan maqsad zamonaviy bilim va tafakkurga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlash, yoshlarga o‘z rahbarlik qobiliyatlarini to‘la namoyon etishlari uchun zamin hozirlash va ularga motivatsiya berishdan iborat», — deyiladi Sirdaryo viloyat hokimligi xabarida.

Hokimlik vazifasiga kirishgan vaqtinchalik hokim belgilangan kun tartibiga muvofiq boshqa hokimlar kabi viloyatdagi investitsion loyihalar, ijtimoiy soha obyektlari, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlar bilan tanishibdi.