O‘zbekiston

Andijonda 400 mln dollarlik quyosh panel elektrostansiyasi ishga tushadi

Andijonda 400 mln dollarlik quyosh panel elektrostansiyasi ishga tushadi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Andijon viloyati hokimi navbatdagi kompaniya rahbariyati bilan uchrashdi.

“Gansu Yucun New Energy Technology Co., Ltd” kompaniyasi bilan Andijon suvoqava tizimidagi 1 ming 760 ta suv quduqlarida isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasi taʼminotini quyosh panel elektrostansiyalariga o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borildi.

Yakunda ikki tomonning 400 million dollarlik kelishuvi imzolandi.

Andijonda elektr taʼminoti bo‘yicha yana bir samarali loyiha amalga oshiriladi. Bu bilan viloyatdagi suvoqava tizimi va elektr taʼminotiga bog‘liq bir qancha masalalar batamom o‘z yechimini topadi.