Jahon

Tramp: Bayden davrida uchinchi jahon urushi bo’lishi mumkin

Tramp: Bayden davrida uchinchi jahon urushi bo’lishi mumkin

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Bayden uchinchi jahon urushini boshlashi va prezidentlik saylovlari oldidan AQShni yo‘q qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Saylovga yaqin qolgan boʻlsak-da, yetarlicha yaqin emasmiz… Oʻn oy ichida ular mamlakatimizni butunlay yoʻq qilishlari mumkin”, – dedi siyosatchi.

Trampning soʻzlariga koʻra, u Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarga yoʻl qoʻymasdi, chunki Baydendan farqli oʻlaroq, u dunyo yetakchilari bilan til topishishni biladi. Amerikaning sobiq rahbari o’zini Qo’shma Shtatlarni qutqarishga qodir bo’lgan yagona nomzod deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishi AQSh uchun juda ko‘p tahdidlar tug‘dirayotganini aytgan edi. Oq uyning amaldagi rahbari Tramp birinchi navbatda Amerika demokratiyasiga tahdid soladi, deb hisoblaydi.

AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi.