O‘zbekiston

XXI asrning yangi epidemiyasi: telefonga qaramlik bolalarning salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

XXI asrning yangi epidemiyasi: telefonga qaramlik bolalarning salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bugun gadjetlar hayotimizning ajralmas qismi, turli vaziyatlarda “yordamchi”mizga aylangan. Kerakli mahsulotni xarid qilish, biron inson bilan tez bog‘lanish, zarur ma’lumot olish yoki yuborish – buning uchun telefondagi bir qancha tugmalarni bosishning o‘zi kifoya bo‘lib qoldi.

Biroq, har narsaning me’yori bo‘lgani kabi gadjetlardan foydalanishda ham ma’lum talablar bo‘lishi kerak. Zero, virtual olamga qattiq bog‘lanib qolish insonning fiziologik va ruhiy salomatligida jiddiy muammolar yuzaga keltirib chiqarishi mumkin.

Afsuski, ko‘pchilik bunga beparvolik bilan qaraydi. Hozirgi zamonda mobil aloqa vositalarini, hatto, bog‘cha yoshidagi bolalarning qo‘lida ham ko‘rish mumkin. Ayrim ota-onalar uy yumushlari bilan mashg‘ul bo‘lganda hali tili chiqmagan go‘daklarga multfilm yoki videolar qo‘yib beradi, buning kelajakdagi salbiy oqibatlari haqida esa o‘ylab ham ko‘rmaydi…