Iqtisod, Jahon

Yaponiya Ukrainaga yordam berish uchun NATO fondiga 37 million dollar ajratadi

Yaponiya Ukrainaga yordam berish uchun NATO fondiga 37 million dollar ajratadi

Yaponiya Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) jamg‘armasiga Ukrainani uchuvchisiz samolyotlarni aniqlash tizimlari bilan ta’minlash uchun 37 million dollar yubordi. Bu haqda Kiyevga tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Qayd etilishicha, Kamikava, shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaga qishda gazlashtirishga yordam berish uchun beshta mobil gaz turbinali generator taqdim etishga va’da bergan.

Kamikava 5—17-yanvar kunlari xorijga gastrol safarida bo‘lib, Germaniya, Polsha, Finlyandiya, Gollandiya, Turkiya, AQSh va Kanadaga tashrif buyuradi. Ukrainaga tashrif oldindan e’lon qilinmagan.