Jahon, O‘zbekiston

Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi

Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi

Uni Tokio chet tillar universiteti xodimi Hidaka Shinsuke ishlab chiqdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

Qo‘llanma lotin alifbosi asosida yozilgan bo‘lib, 160 sahifa va 20 ta qo’llanmadan iborat.

Og’zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar ham tayyorlandi.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bu bilan O‘zbekistonda tarjimonsiz sayohat qilish va ish safari qilish mumkin bo‘ladi.

Qo‘llanma 2024-yil 29-yanvardan sotuvga chiqariladi.