Jahon

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 126 kishiga yetdi

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 126 kishiga yetdi

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Ikki yuzdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Yaponiyada 1 yanvar kuni mamlakatni larzaga keltirgan zilzila qurbonlari soni kundan kunga ortib bormoqda.

Rasmiylar shanba kuni qurbonlar soni 126 nafarni ekanligini tasdiqladi.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, qutqaruvchilar tirik qolganlarni topish imkoniyati kundan-kunga kamayib borayotganidan ogohlantirmoqda.

Ikki yuzdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Ularni qidirishga yomon ob-havo – qor va past harorat to‘sqinlik qilmoqda.

Rasmiylarning aytishicha, davom etayotgan yer silkinishlari natijasida vayron bo‘lgan ayrim yo‘llar butunlay qulashi mumkin.