Jahon

Boeing 737 Max parvozlari butun dunyo bo’ylab to’xtatilmoqda

Boeing 737 Max parvozlari butun dunyo bo’ylab to’xtatilmoqda

Aviakompaniyalar dunyo bo’ylab Boeing 737 Max 9 samolyotlarini vaqtinchalik faoliyatini toʻxtatmoqda, deb xabar berdi Deutsche Welle.

Xususan, ushbu turdagi samolyotlarning ekspluatatsiyasi Turkish Airlines, Aeromexico va Panama aviakompaniyasi Copa Airlines tomonidan to’xtatildi.

Avvalroq, AQSh Federal Aviatsiya ma’muriyati ulardan Amerika hududida foydalanishni vaqtincha to’xtatgan edi. Bunga Alaska Airlines laynerining ajralgan terisi sabab bo’lgan.

Hodisa oqibatida bir necha yo‘lovchi tan jarohati olgan. Ushbu samolyot faqat sakkiz hafta davomida ishlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Efiopiya va Indoneziyada MAX avialaynerlari ishtirokida ikkita avariya yuz bergan va bu ularning butun dunyo bo‘ylab faoliyati besh oyga to‘xtatilishiga olib kelgan edi.