Jahon

Bokuda uglerod oksidi miqdori normadan oshib ketdi

Bokuda uglerod oksidi miqdori normadan oshib ketdi

Boku shahrida bir sutka davomida ifloslantiruvchi gaz aralashmalarida uglerod oksidi miqdori me’yordan 1,2 baravar ko‘p bo‘lgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Trend.

Yakshanba kuni Trend xabar berishicha, bu haqda Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, uglerod oksidi miqdori me’yordan oshishiga transport harakatining intensivligi, sanoat korxonalari faoliyati va boshqa antropogen ta’sirlar sabab bo‘lmoqda.