Jahon

Nemislar kanslerni almashtirishni xohlashmoqda

Nemislar kanslerni almashtirishni xohlashmoqda

Germaniya aholisining deyarli uchdan ikki qismi mamlakat kansleri o‘zgarishini xohlaydi. Bu lavozimda Olaf Shols o‘rniga ular amaldagi mudofaa vaziri Boris Pistoriusni ko‘rishni afzal ko‘rishadi, deb yozadi Bild INSA instituti tadqiqotiga tayanib.

Xususan, nemislarning 64,3 foizi Pistoriusni Shols o‘rniga kansler sifatida ko‘rishni xohlaydi. So‘rovda jami 1004 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Oldinroq Bild Sholsning tez orada iste’foga chiqishini bashorat qilgandi. Jurnalistlarning fikricha, uning lavozimini hozirda Germaniyadagi eng mashhur siyosatchilar reytingida yetakchilik qilayotgan Pistorius egallashi mumkin.