O‘zbekiston

Suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi

Suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra:

➖suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilinadi;

➖ Suv xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi;

➖suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat budjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

2024 yildan:

➖ suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;

➖ suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o‘zida to‘liq miqdorda ajratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat budjeti tomonidan qoplab beriladi.

Sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.