Yangiliklar

Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi

Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumot uchun, oʻtgan hafta Amrillo Inoyatov sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilgan edi. Uning oʻrniga, prezidentning tegishli farmoni bilan Sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarish Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi oʻrinbosari Asilbek Xudayarov zimmasiga yuklatilgan edi.

Amrillo Inoyatov 1979-yil 13-noyabrda tugʻilgan. 2001-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

2020-yil 3-noyabrdan 2022-yil 28-dekabrgacha sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan, 2022-yil 28-dekabrdan – 2024-yil 4-yanvargacha Sogʻliqni saqlash vaziri sifatida ish olib borgan.