Yangiliklar

Buxoroga uchib kelayotgan ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi

Buxoroga uchib kelayotgan ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi
Foto: “Uzbekistan airports”

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi. Bu haqda “Uzbekistan airports” xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yoʻnalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang boʻroni tufayli belgilangan aeroportga qoʻna olmagan.

Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Samarqand aeroportiga qoʻnggan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻl olgan. Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot Navoiy aeroportiga qoʻngan.