Jahon

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqdi

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born iste’foga chiqdi

Elizabet Born Fransiya bosh vaziri lavozimini tark etdi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotida aytilgan. U yerda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron iste’foni qabul qilib, Bornga qilgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Kazinform Euronewsga tayanib xabar berdi.

Davlat rahbari Elizabet Bornning “sodiqligi va qat’iyatini” qayd etdi.

Yelisey saroyi Born yangi hukumat tayinlanmaguncha o‘z vazifasini bajarishini aytdi.

Born 2022 yil may oyidan beri Fransiya vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilib kelmoqda.