Yangiliklar

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qoʻlga olingani maʼlum boʻldi

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qoʻlga olingani maʼlum boʻldi

“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad 2023-yilning 28 dekar kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi. Bu haqda “Azon Global” axborot tahliliy portali xabar berdi.

“Dastlab qandaydir anglashilmovchilik boʻlgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. (Ijtimoiy tarmoqlarda oʻsha kunlari aylangan gaplarga portalning rasman aloqasi yoʻq). Undan keyin, Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qoʻyib yuborilishiga qatʼiy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday boʻlib chiqmadi”, — deyiladi xabarda.

Portal tomonidan berilgan xabarda aytilishicha, “Turkiya qonunlari boʻyicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qoʻyilayotgan ayb isbotlansa, Adliya idoralariga oʻtkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim”.

“Baʼzan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazishadi va u yerdan oʻz vataniga joʻnatishadi yoki ozod qilishadi. Dastlabki surishtiruvlarda, tabiiyki, Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblov oʻz isbotini topmadi. Qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazilgan domlani oradan shuncha kun oʻtib ham tutib turishgani tushunarsiz boʻlib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir boʻlgan kunidanoq advokatlar harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar koʻrilmoqda”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.