2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi 36 mln 799 ming 756 kishini tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2023-yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga koʻpaygan. Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 64,6 ming kishiga oshgan.
“2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!