Iqtisod, Yangiliklar

Oʻzbekistonda dollar kursi ketma-ket toʻrtinchi kun oshdi

Oʻzbekistonda dollar kursi ketma-ket toʻrtinchi kun oshdi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 6,96 soʻmga oʻsib, 10-yanvardan boshlab 12 397,04 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 16,29 soʻmga oʻsib, ertadan 13 567,32 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi ham oshdi — 10-yanvardan boshlab rublning rasmiy kursi 0,73 soʻmga oshib, 137,30 soʻmni tashkil etadi.

Dollarning rasmiy kursi bundan 4 kun avval — 5-yanvar kuni tushgandi, shundan buyon kurs oshib bormoqda.