Jahon

Oppenheimer “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi

Oppenheimer “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi

Kristofer Nolanning Oppenheimer(2023) biografik dramasi “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida “Oltin globus” kino mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Atom bombasini yaratgan Robert Oppengeymer haqidagi film Jastin Triyening Anatomy of a Fall, Martin Skorsezening Killers of the Flower Moon, Bredli Kuperning Maestro, Selin Sonning Past Lives, Jonatan Gleyzerning The Zone of interest filmlari bilan birgalikda sovrin uchun kurashdi.

Gollivud yaqinida ro‘yxatdan o‘tgan Xorijiy jurnalistlar uyushmasi tomonidan har yili topshiriladigan “Oltin globus” mukofoti AQSHdagi nufuzi bo‘yicha “Oskar”dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, mukofot kinematografiya va televideniyeda yigirmadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha beriladi. 7 yanvar kuni 81-g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.