O‘zbekiston

O‘zbekiston aholisi kuniga 2,1 ming kishiga oshgan

O‘zbekiston aholisi kuniga 2,1 ming kishiga oshgan

2024 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 36 799 756 kishini tashkil etgan.

Qayd etilishicha, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.

Mamlakat aholisi 2023 yil boshidan buyon 774,8 ming kishiga ko‘paygan. Aholi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 64,6 ming kishiga, har kunida esa doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshgan.