Hodisa, O‘zbekiston, Yangiliklar

Urganchda ota voyaga yetmagan farzandiga jarohat yetkazdi. Tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Urganchda ota voyaga yetmagan farzandiga jarohat yetkazdi. Tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda
Foto: IIV matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan fuqaro tan jarohatlari bilan tasvirga olingan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan fuqaroga tan jarohatlar 2024-yilning 7-yanvar kuni oʻzining otasi, 1972-yilda tugʻilgan A.X. tomonidan yetkazilgan. Bunga vaj sifatida oʻgʻli axloqsizlikka yoʻl qoʻygani koʻrsatilgan.

“Voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatilgan”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.