Jahon

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 168 nafarga yetdi

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 168 nafarga yetdi

Yaponiyada 1 yanvardan beri sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 168 nafarga yetdi. Bu haqda Yaponiya mintaqaviy hokimiyatlari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar dalolat bermoqda, deb yozadi Kazinform Rossiyaning TASS agentligiga tayanib.

Bundan tashqari, qutqaruvchilar joylashuvlarni aniqlash uchun bog‘lana olmagan aholi soni 323 nafarga yetdi. Hali davom etayotgan zilzilalar natijasida 560 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati oldi.

Zilziladan ayniqsa Isikava prefekturasi jabr ko‘rdi. U yerda kamida 1370 ta uy to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan, 300 ga yaqin bino yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan. Zarar ko‘rgan hududda elektr va suv ta’minoti uzilib qolgan, yoqilg‘i taqchilligi kuzatilmoqda.

Yaponiya qutqaruv kuchlarining ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar oxirgi marta 6 yanvar kuni vayronalar ostidan odamni olib chiqqan edi. 90 yoshli mahalliy aholi besh kundan ortiq vaqt davomida zilzilada vayron bo‘lgan uyi ostida qolgan.

Bungacha Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 126 nafarga yetganini yozgan edik.