Yevropa Ittifoqi shu hafta Qizil dengizda oʻzining harbiy missiyasini boshlash masalasini muhokama qilishni boshlaydi. Bu haqda YeI tashqi siyosat xizmati rahbari Xosep Borrel vakili Piter Stano ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Borrel Yevropa Ittifoqining Qizil dengizda alohida harbiy missiyasini ishga tushirish taklifini taqdim etadi”, dedi u.
Stano, Yevropa Ittifoqi davlatlari bu mavzuni shu hafta oxirida muhokama qilishni boshlashini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday missiyani boshlash uchun Yevropa Ittifoqi Kengashida bir ovozdan qaror qabul qilinishi zarur. Stanoning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari AQSh yetakchiligidagi Qizil dengizdagi amaliyotida ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, ular AQSh bilan yaqin hamkorlikda harakat qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!