O‘zbekiston

Chegarani noqonuniy kesib o’tgan qirg’iz deputati Salimboy bilan ko’rishdi

Chegarani noqonuniy kesib o’tgan qirg’iz deputati Salimboy bilan ko’rishdi

Qirg’iziston maxsus xizmatlari rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qilishicha, mamlakat Jo’qorg’i Kengashi deputati Emil Jamg’irchiyev chegarani noqonuniy kesib o’tib, O’zbekistonga kirib kelgan va Salimboy Abduvaliyev bilan uchrashib, undan o’z mamlakati rasmiylari bilan orada yuzaga kelgan muammolarini hal qilib berishini so’ragan.

10-yanvar kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda Qamchibek Tashiyev ma’lum qilishicha, deputatga nisbatan Qirg’izistonda jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Emil Jamg’irchiyevning muammosi Salimboy huzurida ham hal bo’lmagan. Salimboy Abduvaliyev deputatga Qirg’izistonning ichki ishlariga aralashmasligini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, qirg’izistonlik deputatga nisbatan O’zbekistonda ham firibgarlik va davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.