Jahon

Ekvadorda qurolli to’dalar jonli efir paytida davlat televideniyesini egallab oldi

Ekvadorda qurolli to’dalar jonli efir paytida davlat televideniyesini egallab oldi


8-yanvar kuni Ekvador poytaxti Kitoda bir qancha qurolli to’dalar uyushgan holatda harakat qilib, qator muhim obyektlarni, xususan, davlat televideniyesi hisoblangan «TC Television» binosini egallab oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Dastavval, mamlakat politsiyasi bir qancha terrorchi hibsga olinganini xabar berdi. Mamlakat Prezidenti Daniel Noboa esa tartibsizlikda ishtirok etayotgan 22 nafar shaxsni jinoiy terrorchi tashkilot deb e’lon qilgan. Mamlakat ayni damda «ichki qurolli mojaro» rejimi ostida.

G’arb nashrlari tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda mojaro jazoni ijro etish muassasalaridagi qoniqarsiz tizim tufayli kelib chiqqan. Mahalliy nashrlar esa hodisani hukumat va sanoat kartellari egalari o’rtasidagi kelishmovchilik sifatida talqin etmoqda.

Kitodagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hukumat binosi oldida otishmalar bo’lganligi haqidagi videolarni tarmoqlarga joylamoqda. Aytilishicha, jangarilar poytaxt metrosida va gavjum hududlarda ko’plab odamlarni asirga olmoqda. Hukumat jangarilar bilan aloqa o’rnatishni rad etmoqda.