Ekvadorda so’nggi bir necha soatdagi otishmalar natijasida 200 dan ortiq politsiyachi halok bo’ldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
So’nggi tafsilotlarga qaraganda, mojarolar 7-yanvar kuni Kolumbiya kartelining bir qismi bo’lgan Los Choneros guruhi rahbari, narkobaron Fito qamoqdan qochgach boshlangan. O’shandan beri 9 ta okrugda ulkan tartibsizliklar davom etmoqda.
Mamlakat Prezidenti «favqulodda holat» va 60 soatlik «komendantlik boshqaruvi» joriy etdi. Poytaxt Kitoda tartibsizliklar hali ham pasaymagan.
Norasmiy manbalar shu paytga qadar 50 ga yaqin talaba, 4 nafar bola halok bo’lganini ham aytmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!