Yangiliklar

Ketma-ket beshinchi kun: Oʻzbekiston dollar kursi yana oshdi

Ketma-ket beshinchi kun: Oʻzbekiston dollar kursi yana oshdi
Foto: Markaziy bank matbuot xizmati

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 20,99 soʻmga oʻsib, 11-yanvardan boshlab 12 418,03 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 27,94 soʻmga oʻsib, ertadan 13 595,26 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi ham oshdi — 11-yanvardan boshlab rublning rasmiy kursi 1,51 soʻmga oshib, 138,81 soʻmni tashkil etadi.

Dollarning rasmiy kursi bundan 5 kun avval — 5-yanvar kuni tushgandi, shundan buyon kurs oshib bormoqda.