Yangiliklar

Kuchli shamol Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tomini uchirib ketdi

Kuchli shamol Forish tuman hokimligi binosining katta majlislar zali tomini uchirib ketdi
Foto: Forish tuman hokimligi axborot xizmati

Jizzax viloyatining Forish tumanida kuchli shamol tuman hokimiyati binosi tomini uchirib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Forish tuman hokimligi axborot xizmati

Taʼkidlanishicha, tumanda 10-yanvar kuni soat 10:20 larda shamol tezligi 24 m/sekundgacha kuchayishi natijasida aylanma shamol yuz berib, hokimlik binosining katta majlislar zali tom qismidan qisman tom yopigʻichlarini uchirdi.

Foto: Forish tuman hokimligi axborot xizmati

“Natijada shamol uchirgan tunika va taxtalar uchib, hokimiyat avtoturargohida boʻlgan 6 ta avtomashina ustiga tushdi va qisman zarar yetkazdi. Fuqarolarga hech qanday zarar yetkazmadi. Tabiiy ofat natijasida koʻrilgan talofatni bartaraf etish choralari koʻrilmoqdi”, — deyiladi xabarda.