Bugun, 10-yanvar kuni mamlakatda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Jumladan:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!