Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, Olimjon Toʻychiyev Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar bermoqda.
Tayinlov munosabat bilan u Prezident qaroriga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Olimjon Toʻychiyev 1991-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2010—2015-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tahsil olgan va 2016—2018-yillarda shu universitet magistraturasi talabasi boʻlgan.
U 2021-2023-yillar mobaynida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi bosh direktori lavozimida ish olib borgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!