Jahon

O’zbekiston armiyasining xalqaro reytinggi pastladi

O’zbekiston armiyasining xalqaro reytinggi pastladi

Global Firepower manbasi 2024-yil uchun mamlakatlar harbiy qudrati reytingini e’lon qildi. Unda O’zbekiston 65-o’rinni egallab, 2023-yil bilan solishtirganda 3 pog’ona pastladi.

O’zbekistonga qo’shni Qozog’iston ushbu reytingda 58-o’rinni, Ozarbayjon esa undan keyingi 59-o’rinni egallagan.

Eng yuqori uchlikni esa mos ravishda AQSH, Rossiya va Xitoy egalladi. Bu galgi reytingning eng e’tiborli jihatlaridan biri shuki, Fransiya ushbu yangilangan ro’yxatda eng kuchli o’ntalikdan chiqib ketdi. Buyuk Britaniya esa o’z o’rnini Janubiy Koreyaga boy berdi.