Jahon

Pokiston Arab dengiziga harbiy kemalar jo’natdi

Pokiston Arab dengiziga harbiy kemalar jo’natdi

Pokiston hukumati Arab dengizi yo’nalishida harakatlanuvchi o’z savdo kemalari xavfsizligini ta’minlash uchun hududga harbiy kemalar yuborish to’g’risida qaror chiqardi. Bu haqda «Associated Press of Pakistan» nashri hukumat bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Bu qaror dengiz savdosi xavfsizligi bilan bog‘liq so‘nggi voqealar fonida qabul qilingan. Pokiston Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondonligi maxsus bayonot bilan chiqib, harbiy kemalar faqat politsiyasi vazifasini bajarishini ma’lum qilgan.

Aytish kerakki, ushbu qaror Arab dengizi atrofida Yaman Xutiylari tomonidan e’lon qilingan dengiz blokadasidan keyin qabul qilingan. Yaqin Sharq mojarosiga faol munosabat bildirayotgan Xutiylar Qizil dengizda harakatlanayotgan qator G’arb kemalariga hujum uyushtirdi. Bu esa Suvaysh mintaqasida savdo kemalari harakati kamayishiga olib keldi.