Namangan viloyatining Pop tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 225-kilometrida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotga koʻra, 9-yanvar kuni soat 20:30 larda “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Chacman” rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 1988-y.t. N.I. tezlikni oshirganligi sababli rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa urilib agʻdarilgan.
YTH natijasida transport vositasida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi N.I. va yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!