Yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumoti: Oʻzbekistonda erkaklar koʻpmi yoki ayollar?

Statistika agentligi maʼlumoti: Oʻzbekistonda erkaklar koʻpmi yoki ayollar?
Foto: Daryo.uz

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kishini tashkil etgan. Shundan:

  • ayollar soni – 18 mln 274 ming 745 kishi
  • erkaklar soni – 18 mln 525 ming 011 kishi

2024-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga koʻp.

Shuningdek, agentlik 2023-yil davomida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, 2023-yilda Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • qarindoshlarni yoʻqlash – 5,6 mln kishi
  • dam olish – 773,2 ming kishi
  • xizmat yuzasidan – 143,5 ming kishi
  • tijorat – 70,4 ming kishi
  • davolanish – 61,3 ming kishi
  • oʻqish maqsadida – 16,8 ming kishi.