Yangiliklar

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga yangi rahbar tayinlandi

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga yangi rahbar tayinlandi
Foto: “Dunyo” AA

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbarlik qiladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar Prezident Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan. Shuningdek, uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, mamlakatimizdagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borgan.

Sanjar Valiyev 2019-2023-yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov oʻrniga tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016-yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.