Jahon

Tayvan ustidan urush global iqtisodiyotga 10 trillion dollar zarar yetkazadi — Bloomberg

Tayvan ustidan urush global iqtisodiyotga 10 trillion dollar zarar yetkazadi — Bloomberg

Bloomberg nashri tahliliga ko’ra, Tayvanda yuzaga keladigan urush rivojlangan davlatlarga 10 trillion dollarga tushadi. Bu global yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga tengdir va pandemiya, Ukraina mojarosi va global moliyaviy inqirozdan ko’ra ko‘proq zarar keltiradi.

Tahlilning qolgan tafsilotlariga ko’ra, urush tufayli Tayvan iqtisodiyoti vayron bo‘ladi, mojaroning birinchi yilida orol yalpi ichki mahsuloti 40% ga kamayadi. Xitoy yalpi ichki mahsuloti 16,7 foizga, AQSHniki 6,7 foizga, jahon yalpi ichki mahsuloti esa 10,2 foizga qisqaradi.

Tayvan yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi bo‘lib, orolning chip ishlab chiqaruvchi TSMC kompaniyasining atigi 20 ta doimiy mijozlarining umumiy bozor kapitallashuvi 7,4 trillion dollarni tashkil etadi.

Ilgariroq Atlantika Kengashi va bir qancha tahlil guruhlari Tayvan mojarosi yuz bergan taqdirda G7 davlatlari tomonidan Xitoyga qarshi joriy qilinagan sanksiyalarning umumiy zarari miqdorini 3 trillion dollarga baholagan edi.