Jahon

«Urushdan qochish niyatimiz yo’q» — Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In

«Urushdan qochish niyatimiz yo’q» — Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In

10-yanvar kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In harbiy sanoat kompleksi korxonalariga tashrifi paytida Janubiy Koreyani mamlakatning “asosiy dushmani” deb atadi. Kimning aytishicha, unda urushni sovuq formatda olib borish yoki “urushdan qochish» niyati yo’q. Bu haqida Shimoliy Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA) xabariga asoslanib, «Yonhap» nashri ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Pxenyandagi hukumat rahbari, yirik o’q-dori zavodlarini ko’zdan kechirar ekan, shimolga qarshi kuch ishlatishga urinsa, Janubiy Koreyani yo’q qilish bilan tahdid qilgan.

Kim Chen Inga ko’ra, unda urushni birinchi bo’lib boshlash niyati yo’q. Ammo, urush boshlansa «kelishish» va «urushdan qochish» variantlari aslo ko’rib chiqilmaydi.

O’z o’rnida, Janubiy Koreya Kimning janubni yo’q qilish haqidagi tahdidini «og’zaki tahdid» deya baholab, rad etgan. Janubiy Koreya hukumati tomonidan Shimoliy Koreyaning har qanday provokatsiyasiga qatʼiy javob berilishi, Koreya yarimorolida keskinlikni keltirib chiqarishga qaratilgan har qanday urinishlar pirovardida Shimoliy Koreya rejimining oʻziga zarar yetkazishi ta’kidlangan.

Aytib o’tish kerakki, 8-yanvar kuni ikki koreys davlati o’rtasida jiddiy keskinlik yuzaga keldi. Tomonlar dengiz bufer zonasi endi mavjud emasligini ma’lum qilishdi. Bufer zonasi atrofidagi orolllar esa jiddiy hujumlarga uchradi. Tomonlar o’rtasida aloqa bog’lash va muammoga yechim topish kechikmoqda.