Jinoyat

Xitoy amerikaliklar uchun eshiklarini ochmoqda

Xitoy amerikaliklar uchun eshiklarini ochmoqda

Xitoy hukumati joriy yilning birinchi yanvaridan boshlab, AQSH fuqarolari uchun sayohat vizalari olish tartibini soddalashtirdi. Endilikda AQSH fuqarolari viza olish uchun mehmonxona va reyslarni oldindan bron qilish, pasportlarini konsullikka topshirish kabi tadbirlarni bajarishi shart emas. Bu haqda CNN nashri ma’lum qildi.

Oldinlari turistlar uchun qator noqulayliklar tug’dirgan talablarning ko’pchiligi bekor qilinmoqda yoki yumshatilmoqda. Mamlakat bu qarorlarni ochiqlik siyosati bilan bog’lagan.

Aytish kerakki, amerikaliklar dunyodagi yettinchi eng kuchli pasportga ega, ya’ni AQSh fuqarolari 187 davlatga vizasiz kira oladi. Bu ro’yxatda Gongkong va Tayvan bor, ammo materikda joylashgan ulkan Xitoy mavjud emas. Shu boisdan ham, Xitoy ko’plab amerikalik sayohatchilar uchun kirish «juda qiyin» deb hisoblanuvchi davlatga aylangan edi.