Jahon

Yaman hutiylari AQSH kemasiga hujum uyushtirdi

Yaman hutiylari AQSH kemasiga hujum uyushtirdi

Yaman hutiylari Qizil dengizda turgan AQSH kemalariga kutilmaganda hujum qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo’mondonligi bergan bayonotga asoslanib, CNN xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Yaman hutiylari kemaga qarata 21 ta yer-yer tipidagi raketa uchirgan. Shuningdek, harbiy dronlar ishga solingan. Dastavval hujum nishonlari xalqaro tashuv kemalari bo’lganligi ma’lum qilingan.

AQSH buni Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan «yalpi hujum» deya baholagan. Hujum oqibatida jiddiy shikast ko’rilmagan. AQSH qo’shinlari tomonidan barcha raketa va dronlar urib tushirilgan.

O’tgan hafta e’lon qilingan qo’shma bayonotda AQSh va o’nga yaqin boshqa davlatlar hutiylarning davom etayotgan hujumlarini qoralab, «ular insonlar hayotiga, global iqtisodiyotga va erkin savdo oqimiga tahdid solishda davom etsa, oqibatlari uchun javobgarlikni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi», – deya ogohlantirishgan edi.