Tayvanda yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari oldidan faol targ’ibot olib borayotgan Gomindan partiyasi mamlakat fuqarolariga urush yoki tinchlikka olib boruvchi yo’l tanlashlari kerakligi haqida targ’ibot olib bormoqda. Bu keskin bayonot raqib partiyaning tamomila teskari xalqaro nuqtai nazari bilan bog’liq. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Gomindanchilar fikricha, mamlakatda hozircha ustun mavqega ega bo’lgan «Demokratik taraqiyot partiyasi» va uning yo’li mamlakatni qonli urushga olib boradi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni Tayvanda prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi. Gomindan partiyasi Xitoy bilan urush vahimasi ortidan saylov kampaniyasida ilgarilashni niyat qilgan.
Aytish kerakki, Pekin o’z-o’zini boshqarayotgan orolni o’ziniki deb da’vo qiladi va u bilan «tinch qayta birlashish» ni targ’ib qiladi. Biroq Pekin mas’ullari Tayvanni bosib olishda kuch ishlatishni ham istisno etmagan.
O’z navbatida orol suverenitetini da’vo qiluvchi «Demokratik taraqiyot partiyasi» so’nggi sakkiz yilda Xitoy-Tayvan atrofida o’zining harbiy ishtirokini tinimsiz kuchaytirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!