Jahon

Zelenskiy ittifoqdosh Litvaga kutilmagan tashrif bilan keldi

Zelenskiy ittifoqdosh Litvaga kutilmagan tashrif bilan keldi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan Kiyevning asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Litvaga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bu haqda Ukraina manbalariga asoslanib CNN nashri xabar bermoqda.

Litva Prezidenti Gitanas Nauseda bayonotida Zelenskiyni o‘z mamlakatida kutib olishdan mamnunligini, ikki mamlakat rahbarlari urush va Ukrainaning “Yevropa Ittifoqi va NATOga integratsiyalashuvi” masalalarini muhokama qilishlarini ma’lum qildi.

Zelenksiyning aytishicha, yangi yildan boshlagan Rossiyaning Ukrainaga doimiy havo hujumlari ortidan “elektron urush va uchuvchisiz uchoqlar bo‘yicha hamkorlik” masalasi ham kun tartibida bo‘ladi. Keyin u boshqa Boltiqbo‘yi davlatlariga, Latviya va Estoniyaga tashrif buyuradi.

Aytish joizki, Ukraina rahbari Zelenskiyning qattiq sa’y-harakatlari hamda NATO a’zolari bo’lgan davlatlarga sayohatlariga qaramasdan, mamlakatga harbiy ta’minot oqimi ko’paymayapti. NATO ga a’zolik masalasi esa ochiq-oydin rad etilmoqda. Zelenskiyning so’nggi safarlari ko’proq strategik maqsadga xizmat qilmoqda. Bu tashriflarda biror amaliy natijaga erishilgan yoki yo’qligi hozircha qorong’u.